Toshkentda Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tadi

29 Сентябрь, 2021

Toshkentda Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali bo‘lib o‘tadi

9–10-oktyabrda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-show, TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek dizaynerlar uchun vorkshop o‘tkaziladi.


Toshkentda festivallar soni ortmoqda! Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi, u endi, allaqachon shuhrat qozongan shahar tadbirlari bilan birgalikda, poytaxtning festival madaniyatini shakllantiradi.

Poytaxtning faol festival hayotida birinchi marta 2019-yil aprel oyida, III ADWEEK marketing va reklama haftaligi doirasida o‘tgan TAF! Toshkent reklama festivali o‘zining munosib o‘rniga ega. Festival o‘tgan yili ham tashkil etildi. Ma'lum holatlarga qaramay, 2020-yil may oyida TAF! ANTI CRISIS onlayn formatda o‘tkazilgandi.

Toshkent reklama festivalining o‘ziga xosligi shundaki, bugungi kunda u mamlakatdagi yagona reklama bayrami bo‘lib, unda muvaffaqiyatli brendlar va iste'molchilar ishtirok etadilar, eng yaxshi mahalliy reklama loyihalari aniqlanadi, yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar o‘zlarining amaliy bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar va festivalning barcha ishtirokchilari dunyodagi eng yaxshi reklama g‘oyalari bilan tanishish va ulardan ilhomlanish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

TAF!21 festivali – keng ko‘lamli voqea, uni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi, hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan tashkil etdi. Bugungi kunda festival Rossiya, Ukraina va Gruziyadan konferensiya ma'ruzachilarini, eng yirik mahalliy brendlarning 48 nafar vakilidan iborat tanlov ekspertlar hay'atini, tanlovda qatnashayotgan 112 ta brendni, minglab iste'molchilarni, birinchi ochiq ovoz berish qatnashchilarini, shuningdek “samarali kommunikatsiyalar biznesni rivojlantiradi” degan festivalning bosh g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalar va tashkilotlarni birlashtirdi.

Festival dasturidadan TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi, uchinchi xalqaro reklama konferensiyasi, “ABC-show” va eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘rin olgan.

9-oktyabrda TAF!21 xalqaro reklama konferensiyasida O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina va Gruziyadan yetakchi jahon brendlari bilan ishlaydigan va xalqaro festivallarda eng yuqori sovrinlarga ega bo‘lgan mashhur ekspertlar chiqish qiladilar.

Xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilari:

  • Andrey Gubaydullin, “Vosxod” RA kreativ direktori va hamsohibi (Rossiya)
  • Valentin Panyuta, brand Leader, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
  • Vladimir Lifanov, “Suprematika” brending agentligi asoschisi (Rossiya)
  • Maksim Illyuxin, head of CX & Product, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina)
  • Aleksey Maksimenko, brand leader Fedoriv agency (Ukraina)
  • Malik Karimov, “Korzinka.uz” marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston)
  • Rustam Xoliqov, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (O‘zbekiston)
  • Iroda Orifxo‘jaeva, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining marketing va chakana sug‘urta biznesini rivojlantirish departamenti rahbari (O‘zbekiston)
  • Nikoloz Kurdiani, “TBC Bank Uzbekistan” banki kuzatuv kengashi raisi (Gruziya)
  • Akmal Raimov, “Dodo Pizza Tashkent” xalqaro pitsseriyalar tarmog‘i direktori (O‘zbekiston)
  • Stanislav Telpis, “Admixer” direktori (Ukraina)
  • Ivan Churilin, “ABC show” prezidenti (Rossiya)

Diyor Mirzaahmedov, TAF!21 festivali tashkilotchisi:
“Toshkent reklama festivali – bu har yilgi xalqaro professional loyiha bo‘lib, bu yil unda yangi formatga urg‘u berildi. Bugun, o‘sib borayotgan raqobat sharoitida, kuchli brendni shakllantirish va brend-kommunikatsiyalardan foydalangan holda uni kelgusi ilgarilatish mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, har qanday kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta'minlovchi marketing siyosatining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli, festivalda biz brendlarning o‘z iste'molchilari bilan samarali kommunikatsiyasi haqida, ham brendlar, ham iste'molchilar uchun bunday kommunikatsiyalardan foydalar haqida, yaxshi reklama va uni haqiqatan sotadigan qilish yo‘llari haqida so‘zlaymiz. Biz, festival ishtirokchilari yangi bilimlar olibgina qolmay, ma'ruzachilarga savol bera olishlari uchun, brending va dizayn sohasidagi rosmana “yulduz” ekspertlarni taklif qildik. Sizlarni festivalda kutamiz!”

9-oktyabrda Festival doirasida xayriya kim oshdi savdosi o‘tkaziladi, undan tushgan mablag‘lar “Ezgu Amal” fondiga o‘tkaziladi. Festival ishtirokchilari eng yaxshi reklama posteri uchun ekspress-ovoz berishda qatnashishlari, “Artel”dan qimmatbaho mukofotlar yutib olishlari mumkin, shuningdek @TAF21bot Telegram botidagi sovrinli o‘yin g‘oliblarini taqdirlash va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi.


Xalqaro reklama konferensiyasi tugashi bilanoq noyob ABC-shou – eng yaxshi dunyo reklamalarining namoyishi boshlanadi. Kolleksiya har yili yangilanib boradi, bir soat davomida 45 ta jahon reklama va marketing festivallarida mukofotlar olgan eng yaxshi video-roliklar ko‘rsatiladi. Shou Toshkentda birinchi marta 2019 yilda, A. Navoiy nomidagi kino saroyida katta muvaffaqiyat bilan o‘tgandi va ko‘plab ijobiy hissiyotlar hamda tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

18:30da TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi boshlanadi. Bu yil tanlovda 112 ta brendning 207 ta loyihasi qatnashadi. 10 ta nominatsiyada g‘oliblarni tanlov ekspert hay'atining 48 nafar a'zosi va @TAF21bot Telegram botida iste'molchilar aniqlaydilar. Taqdirlash marosimi hamma uchun ochiq.

Telegram`dagi @TAF21bot`da iste'molchilarning ochiq ovoz berishi 1-oktyabrga qadar davom etmoqda. Har qanday iste'molchi muvaffaqiyatli loyihalarni ko'rishi va eng yaxshi loyiha va brendlarga ovoz berishi mumkin va qimmatbaho sovg'alar o'yinining ishtirokchisiga aylaning!

Mahalliy asl reklama uchun ovoz bering va keling, o‘zimiz ko‘rishni istaydigan reklamani tanlaylik!

10-oktyabrda “Hyatt Regency Tashkent” da birinchi bor dizaynerlar uchun mashhur moskvalik dizayner, “Suprematika” brending agentligining asoschisi, MDH va yevropadagi barcha mashhur festivalar g‘olibi Vladimir Lifanov va toshkentlik mashhur dizayner, “MA’NO Branding” hammuassisi va dizayn-direktori Temur Sa'diy tomonidan “Dizayn-salom Moskva-Toshkent” vorkshopi bo‘lib o‘tadi.


Festival haqida batafsil ma'lumot: https://marketing.uz/uz/uchinchi-taf-toshkent-reklama-festivali-2021/


Iste'molchilar ovoz berishi natijalari: https://marketing.uz/uz/taf2021-eng-yaxshi-reklama-tanlovi/#voting

Tashkilotchilar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Merketing uyushmasi.


Bosh hamkor – “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi.