Tanlov g‘oliblari taqdirlandi

13 Декабрь, 2021

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yil 13 dekabr' kuni soat 09:00 da “Hyatt Regency” mehmonxonasida “Kuchli raqobat – rivojlanish sari: ilm, amaliyot va ta'lim” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasidagi so‘nggi tendensiyalar hamda ayrim tarmoqlarda raqobat siyosati va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish mavzularida so‘z bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi tashkil etilganining 25 yilligi hamda 5-dekabr' Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi tomonidan jurnalistlar, OAV, bloger va soha qiziquvchilari orasida “RAQOBAT BILAN RIVOJLANISh SARI” respublika tanlovi e'lon qilingan edi.

Tanlovga ishtirokchilar tomonidan 150 dan ortiq materiallar yuborilgan bo‘lib, ushbu materiallar tanlov mustaqil hakamlar hay'ati tomonidan ballik tizimda, bir qator mezonlar asosida baholandi va g‘oliblar aniqlandi. Xalqaro konferensiya doirasida tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Televidenie yo‘nalishida “Eng yaxshi reportaj” nominasiyasi, Bosma nashr yo‘nalishida “Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha, Internet nashr yo‘nalishida “Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha, Ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlar yo‘nalishida “Eng ommabop va qiziqarli blogpost” nominasiyasi bo‘yicha bir qator jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Televidenie yo‘nalishida

“Eng yaxshi reportaj” nominasiyasi bo‘yicha

Sohaga oid reportajlarni yoritib borishda faolligi uchun Jabbarbergenova Zul'fiya Jannazarovna taqdirlanadi.

3-o‘rin – Nurzodbek Vohidov My5 (Mening yurtim) telekanali

2-o‘rin – Dildora Mamadiyorova “Namangan” MTRK

1-o‘rin – Nargiza Bobojonova "Yoshlar" telekanali


Bosma nashr yo‘nalishida

“Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha

3-o‘rin – O‘g‘iloy Abdulazizova "Iqtisodiyot va ta'lim" jurnali

2-o‘rin – Ziyoda Rizaeva “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnali

1-o‘rin – Vladimir Mustafin “Darakchiplyus”



Internet nashr yo‘nalishida

“Eng yaxshi maqola” nominasiyasi bo‘yicha

Sohaga oid turkum materiallarni Uzdaily.uz internet nashri orqali yoritib borishda faolligi uchun Yakubov Askar Azizovich taqdirlanadi.

3-o‘rin – Shokirjonov Shuhrat Shokirjonovich “Kun.uz” internet nashri

2-o‘rin –Toxirova Zarina Fayzilloevna “Podrobno.uz” internet nashri

1-o‘rin – Xusain Radjapov “Gazeta. uz” internet nashri


Ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlar yo‘nalishida

“Eng ommabop va qiziqarli blogpost” nominasiyasi bo‘yicha

3-o‘rin – Xurmet Atajanov.

2-o‘rin – Umid Gafurov

1-o‘rin – Alisher Ro‘zioxunov