Beeline TV – uchinchi “TAF!21” Toshkent reklama festivalining Texnologik hamkori

29 Сентябрь, 2021


Beeline TV – uchinchi “TAF!21” Toshkent reklama festivalining Texnologik hamkori.

Beeline TV – bu “Beeline Uzbekistan”dan yangi avlod onlayn-kinoteatri! Servis 2019-yil mart oyida ishga tushirilgan.

O‘n minglab sevimli filmlar, seriallar, multfilmlar, kliplar va konsertlar, kinoprokatdagi yangi tasmalar, shuningdek 70 ta atrofida mashhur telekanallar – bitta ilovada. Istalgan operator abonenti uchun turli qurilmalar orqali foydalanish imkoniyati, turfa tomoshabinlar uchun profillar va individual tavsiyalar.

Servisdan iOS va Android mobil qurilmalarida, Smart TV funksiyasiga ega LG va Samsung televizorlarida, Android TV OTga ega qurilmalarda (TV-moslamalar, Smart TV-televizorlar) foydalanish mumkin.
“Beeline Uzbekistan” abonentlari uchun ilovadan foydalanishda mobil trafik sarflanmaydi.