20 avgust – Tadbirkor kuni ta'sis etildi

23 Август, 2021


20 avgustda mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim voqea ro‘y berdi! Prezident birinchi marta tadbirkorlar bilan biznes sohasidagi muammolarni muhokama qilish uchun ochiq dialog formatida uchrashdi.

O‘zbekiston marketing uyushmasining ekspertlari Zafar Hoshimov, Murod Nazarov, Hasan Mamasaidov, Husan Mamasaidovni mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shgan hissalari, muvafaqiyatli loyihalarni amalga oshirganliklari va yangi ish o‘rinlari yaratganliklarining Prezident tomonidan yuqori baholangani bilan tabriklaymiz.

Uchrashuvda asosiy vazifa – tadbirkorlikning jadal va yanada keng rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish ekanligi qayd etildi.

Ushbu vazifa va Prezidentning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga yo‘nalgan siyosati uyushmamizning strategik vazifalari – marketing sohasini rivojlantirish va o‘z yo‘nalishlarining yetakchilari bo‘lgan, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yetakchi kompaniyalarni birlashtirish bilan hamohangdir. Bu maqsadlarga biz, jumladan, tarmoq ma'rifiy tadbirlari orqali erishamiz. Ulardan biri har yilgi TAF!21 Toshkent reklama festivali sanaladi.

O‘zbekiston marketing uyushmasi biznes-hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlagani uchun hurmatli Prezidentga samimiy minnatdorchiligini bildiradi va barchani 20 avgust kuni kasbiy bayram – Tadbirkor kuni ta'sis etilgani bilan tabriklaydi!