TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasinig spikerlari

08 Октябрь, 2024

TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi spikerini taqdim etamiz

12-oktyabr
“Anhor” parki karting markazi

Spikerlar:


Vladimir Lifanov, dizayner, “Suprematika” brending agentligi kreativ direktori va asoschisi (Rossiya)

Sohada 20 yil, Rossiyada kreativligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi brending agentligi hammuassisi, grafik dizayn bo‘yicha bir necha yuzlab loyihalar muallifi, kreativ sohasida yuzlab sovrinlar sohibi, ular sirasida: Cannes lions, One show, D&AD, Eurobest, European Design Awards, ADCE awards, Epica awards, Red dot, Golden drumm, Red Apple, KMRF, ADCR, Popok, Golden hammer, Logolounge trends, Beliy kvadrat , Ideya, Reyting runeta va ko‘plab boshqa loyihalar.

Sayyod Matkarimov, “Bellissimo Pizza” pitseriyalar tarmog‘ining marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston)

MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish borasida 20 yildan ziyod tajribaga ega oliy bo‘g‘in rahbari, tijorat va biznes-rivojlanishda keng tajribaga ega. O‘sish va boshqarish tsrategiyasini muvaffaqiyatli tatbiq etib, TBC Bank, Universal Mobile Systems (UMS), Tele2 Kazakhstan, Beeline Kyrgyzstan va Daewoo Uzbekistan kabi kompaniyalar bilan ishlagan.

Ma'ruza mavzusi: Tabassumdan hammaga mazali bo‘ladi.

Konferensiyaning barcha spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilar – TAF! 24 saytida
Chiptalar – iticket.uz saytida
Chipta narxi – 300 000 so‘m.

Savollaringizga javob beramiz:
+998974022820