Yangi premium hamkor — «CHAOMI»

16 Декабрь, 2024

Tanishing, yangi premium hamkor — «CHAOMI»

Chinese Brand Name: 东方茶蜜
Duan Botao — General Manager

  • Brend missiyasi — mijozlarga o‘zida boy sharqona an'analarni mujassam etgan yuqori sifatli sutli choy va ichimliklarni taqdim etish va shu orqali O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash.

  • Brend maqsadi — sharqona va mahalliy ta'mlar uyg‘unligiga innovatsion yondashuvimiz bilan shuhrat qozonib, O‘zbekiston bozorining sutli choylar toifasida yetakchi bo‘lish hamda ikki mamlakat madaniyatini ilgari surib, xalqaro bozorda brend maqomini kengaytirishdir.

«Chaomi»ning har bir mahsuloti eng yaxshi xomashyodan tayyorlanadi, bu uning yuqori sifati va sarxilligini ta'minlaydi.

Ilk do‘konimiz ish boshladi. Biz do‘konlar tarmog‘ini tezda kengaytiramiz va jamoamiz sonini oshiramiz. Hozirda boshqaruvchi, amaliyot menejeri, marketing va yetkazishlar zanjiri mutaxassislari uchun bo‘sh ish joylari mavjud. Sohamizda boshqaruv tajribasiga ega professionallarni safimizga qo‘shilishga taklif etamiz!

«Chaomi» har bir inson uchun noyob lazzat onlarini yaratishga intiladi.

Instagram | Telegram

Biznesni rivojlantirish kanali