TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasing spikeri

05 Сентябрь, 2024

TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi spikerini taqdim etamiz

12-oktyabr
“Anhor” parki karting markazi

Sergey Shima

“TDI Group Central Asia” strategik direktori (Belarus)
Kreativ va marketing industriyasida 2005-yildan buyon. R&D, AI, kommunikatsiyaviy va brend strategiyalariga ixtisoslashgan. BBDO, Publicis, AIDA Pioneer, Belarusning yirik riteyleri – “Yevroopt” va BNB fintexida ishlagan. “Xalva” muddatli to‘lov kartasining brendini yaratgan.

IKRA xalqaro maktabi “Strateg yo‘li” kurslari hamda MBA uchun “AI marketing” muallifi va yetakchi o‘qituvchisi. Neyrotarmoqlar bo‘yicha kashshof va ekspert, 2017-yilda “VKontakte”da birinchi NLP chat-botni ishga tushirgan.

Chiqish mavzusi:

Brend-menejerning shaxsiy SI-yordamchisini yaratamiz: kundalik vazifalarni avtomatlashtirishdan xalqaro kreativni o‘zbekona madaniy kodga moslashtirishgacha.

Konferensiyaning barcha spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilar – TAF! 24 saytida


Chiptalar – iticket.uz saytida
Chipta narxi – 300 000 so‘m.

Savollaringizga javob beramiz:
+998 97 402 28 20