Premium-hamkor — Okori Media Group

14 Январь, 2025

Premium-hamkor — «Okori Media Group»ni taqdim etamiz

Okori Media Group – Part of Dentsu

Dmitriy Voronin — Bosh direktor
Gabit Manapov — Digital direktori

«Okori Media Group» — dunyoning eng yirik tarmoqlaridan biri - Dentsu tarkibiga kiruvchi, 145 mamlakatda faoliyat yurituvchi xalqaro reklama-media agentligi.

«Okori Media Group» — raqamli, televizion va tashqi reklama kabi keng ko‘lamli reklama xizmatlarini taqdim etadi.

Biz global tajribani mahalliy ekspertiza bilan birlashtirib, samarali reklama yechimlarini yaratamiz. Maqsadimiz - O‘zbekiston bozorining dinamik sharoitida brendlarning o‘sishi va muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam berishdir.

«Okori Media Group Uzbekistan» besh yildan ortiq faoliyati davomida FMCG, bank xizmatlari, fintex, farmatsevtika, avtomobilsozlik va boshqa sohalardagi yirik kompaniyalar uchun ishonchli hamkor sifatida o‘zini ko‘rsatdi.

«Okori» ning muvaffaqiyat kaliti — bu professional jamoa bo‘lib, u:

  • har qanday murakkablikdagi masalalarni samarali hal qiladi,
  • yuqori sifat darajasini ta’minlaydi,
  • mijozlarga ilhomlantiruvchi natijalarga erishishda yordam beradi.

Instagram | Linkedin

Biznesni rivojlantirish kanali