TAF! OPEN DAY

11 Октябрь, 2022


21-oktabr to‘rtinchi Toshkent reklama festivali doirasida TAF!22, TAF! OPEN DAY.

Toshkent shahridagi marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetti yetakchi agentlik birinchi marta biznes egalari va menejerlari, marketologlar, reklama bo‘yicha mutaxassislarni, marketing va reklamaga qiziqqan barchani agentlik jamoasi va faoliyati bilan tanishish uchun taklif qilmoqda.

Diqqat!
TAF! OPEN DAY kuni 2 sessiyada o'tkaziladi:
10:00 - 12:00 ARASHAN , Biznes Bomond, Golden Minds, De Facto Marketing va
15:00 - 17:00 sizni Space Marketing, Division, Sekta agentliklari kutmoqda.

TAF!22 festivali veb-saytida har bir agentlik dasturi bilan tanishing, roʻyxatdan oʻting va tashrif buyurmoqchi boʻlgan agentliklarni belgilang. Har bir seansdan maksimal bitta agentlikni, ya'ni kuniga atigi 2 ta agentlikni tanlashingiz mumkin.

Mehmonlar uchun ishtirok etish bepul.


Roʻyxatdan oʻtish