SIUT — “MAKON Marketing Forum”ning VIP hamkori

15 Май, 2024

Samarqand xalqaro texnologik universiteti (SIUT) — duyoning yetakchi OTMlari bilan birgalikda tashkil etilgan noyob ta'lim loyihasidir.

  • Ta'lim ingliz tilida, texnik profildagi 11 ta ixtisoslik bo‘yicha olib boriladigan birinchi xususiy korporativ universitetlardan biri.

  • O‘quv faoliyatining asosi sifatida muhandis kadrlar tayyorlash borasida 150 yillik tarixga ega Kolorado tog‘ maktabi o‘quv dasturi qabul qilingan.

  • Universitetning asosiy xususiyatlaridan biri – bu uning muassisi, O‘zbekistondagi eng yirik neft-servis kompaniyasi – “SANEG -ENERA” konsorsiumi yaratgan moddiy-texnik bazadir.

  • Universitetda dunyoning 13 ta mamlakatidagi yetakchi ta'lim va ilmiy-texnologik markazlardan xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar, trenerlarning noyob tarkibi jamlangan. SIUT 43 ta amerikalik va taqriban 70 ta dunyo OTMlaridan iborat Consortium for Global Education (CGE, AQSh)ning MDH mamlakatlari oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi va yagona to‘laqonli a'zosi bo‘ldi.

Talabalar «Double degree»* va «Double diploma»** obro‘li dipomlarini olish imkoniga egalar. Bitiruvchilar esa, «SANEG», «ERIELL Group», «Enter Engineering» va boshqa xalqaro kompaniyalarga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, SIUT Scienceweb talqini bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari ilmiy tadqiqotlarining milliy ma'lumotlar bazasida birinchi o‘ringa chiqdi.

www.siut.uz