Yevgeniy Kostilev TAF!24 tanlovi g‘oliblarini tanlash uchun Toshkenttga keladi

30 Август, 2024

Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi eng ko‘p taqdirlangan kreativ direktor TAF!24 tanlovi g‘oliblarini tanlash uchun Toshkenttga keladi

Yevgeniy Kostilev, DASM xoldingida Chief Creative Officer, “GForce” agentligida Executive Creative Director (Qozg‘iston)

  • Yevgeniy Epica, Golden Drum, KIAF, Ad Black Sea, White Square, Red Apple, Lisbon Ad Festival, Mad Stars, PHNX Awards, E+Awards (Effie), Red Jolbors, WOW Done Awards, Silver Mercury, Popok, Idea! kabi 17 ta xalqaro reklama festivalida 350 dan ziyod professional sovringa ega, ulardan ko‘pchiligiga hay'at a'zosi sifatida taklif etilgan.
  • Reklama bilan 20 yildan ziyod vaqtdan beri shug‘ullanadi, Procter & Gamble, Philip Morris, Kaspi.kz (brend bilan 14 yildan buyon ishlaydi), Lactalis, Danone, Efes, Carlsberg, Beeline, Kcell, Ferrero, Samsung, Huawei, OPPO, PepsiCo, Red Bull, Toyota, Lexus, “Texnodom” kabi yirik xalqaro va mahalliy brendlar bilan ishlash tajribasiga ega.
  • Qozog‘iston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Gruziya bozorlari uchun reklama kampaniyalarini ishlab chiqqan. Uning kreativ rahbarligi ostida “GForce” agentligi Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda eng ko‘p taqdirlanadigan va Kreativlik reytingida 5 marta 1-satrni egallagan, 5 marta Red Jolbors festivalida “Yil agentligi” deb e'tirof etilgan va mijozi 4 marta “Yil mijozi” deb topilgan komianiyadir.



Shuningdek, «GForce» birinchi E+ Markaziy Osiyo (Effie) 2023 festivalida Gran-Pri, «Yil agentligi» va Samaradorlik reytingida 1- o‘rinni egalladi.

12-oktyabrda xalqaro reklama konferensiyasida, xalqaro hay'atning panel munozarasi doirasida siz yevgeniyga o‘z savollaringizni berishingiz mumkin.

Konferensiyaning barcha spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilar – TAF! 24 saytida
Chiptalar – iticket.uz saytida
Chipta narxi – 300 000 so‘m.

Savollaringizga javob beramiz:
+998974022820