Premium hamkor — GROSS sug‘urta kompaniyasi

17 июня, 2025

Tanishing, premium hamkor — GROSS sug‘urta kompaniyasi

Kamoliddin Beknazarov — Boshqaruv raisining o‘rinbosari – marketing bo‘yicha direktor
Yelizaveta Ponomareva — PR

GROSS — O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchilaridan biri. Kompaniya, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini himoyalash maqsadlarida, sug‘urtaning 18 toifasi bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida sug‘urta xizmatlari kompleksini ta'minlaydi.

Kompaniya zimmasiga olingan majburiyatlar hajmi va sug‘urta mukofotlari bo‘yicha mamlakat TOP-3 kompaniyalari safida barqaror mavjud. O‘zbekiston sug‘urta bozorining 7,9 foizi GROSS hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatdagi har to‘rtinchi sug‘urta holati GROSS tomonidan hal etiladi.

  • Mustaqil konsalting baholashiga ko‘ra, GROSS brendining qiymati 37 mln AQSh dollariga teng.
  • 2022-yildan buyon har yili xalqaro “Fitch Ratings” GROSSga “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida moliyaviy barqarorlik reytingini taqdim etadi.
  • Ketma-ket to‘rt yildan beri “Ahbor-Reyting” milliy agentligi GROSSga “Barqaror” prognozi bilan eng yuqori– uzA++ to‘lovga qobillik reytingini beradi.
  • O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra marketing samaradorligi reytingida GROSS mamlakatdagi barcha brendlar o‘rtasida 5-o‘rin va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida 1-o‘rinni egallaydi.
  • GROSS to‘rt marta O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan “Yil brendi” maqomiga munosib topilgan.
  • GROSSga O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan “O‘zbekistonda sug‘urta to‘lovlari yuzasidan ijobiy hal etilgan murojaatlar soni bo‘yicha yetakchilik uchun” maxsus mukofoti berilgan.
  • GROSSning sug‘urta industriyasini rivojlantirganlik uchun xalqaro mukofotlari: The Global Economics Awards, International Finance Awards, Gazet International Awards.
  • GROSSning reklama kampaniyalar va ijtimoiy loyihalar uchun xalqaro festival sovrinlari: PHNX Awards, Baku Flames, TAF!, Jolbors, KIAF, White Square.