Xalq banki — “MAKON Marketing Forum 2024”ning rasmiy hamkori.

15 Май, 2024

Xalq banki — Oʻzbekistonning birinchi banki sanaladi. Moliya muassasasi oʻz faoliyatini 1875-yil 10-mayda boshlagan. Bankning uzoq yillik faoliyatini uning ishonchlilik koʻrsatkichi sifatida keltirish mumkin.

Mamlakatda eng keng tarmoqlarga ega moliya muassasasining barcha hududlarda bank xizmatlari markazlari mavjud (jami 270 ta). Shu tufayli respublikamizning har bir aholisiga keng koʻlamdagi bank mahsulot va xizmatlarini taklif etadi.


BOSH MAQSAD
Oʻzbekiston aholisi va tadbirkorlarini moliyaviy maqsadlariga erishishida qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi bank boʻlish.

  • Xalq banki O‘zbekiston fuqarolariga tugʻilganidan keksayguniga qadar keng ko‘lamdagi xizmatlarni ko'rsatadi va qulay imkoniyatlar yaratadi. Mamlakat aholisining 30%i mazkur bank mijozi hisoblanadi.

  • Bank oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi loyihalarni moliyalashtirish, ijtimoiy toʻlovlarni amalga oshirish kabi faoliyat bilan ham shugʻullanadi.

  • Shuningdek, Xalq banki ta’lim krediti va ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Bu mazkur yo'nalishda O'zbekistondagi jami tijorat banklari tomonidan jami ajratilgan kreditning 40 %ini tashkil etadi degani.

MOBIL ILOVA
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqning farovonligini oshirish va aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida bankning yangi va zamonaviy “xazna” mobil ilovasi ishga tushirilgan.

“xazna” bu davlat, ijtimoiy va bank xizmatlariga yangicha, raqamli yondashuv asosida ishlab chiqilgan, 100 dan ziyod servislarni oʻz ichiga olgan yetakchi va inklyuziv mobil ilovadir.

Instagram | Facebook | Sayt