VI TAF!24 Toshkent reklama festivalining titul hamkori – “GG Ads“ kompaniyasini taqdim etamiz.
17 Июль, 2024
“GG Ads” brendlar va agentliklar uchun marketing va biznes-maqsadlarga samarali erishish imkonini beruvchi ilg‘or reklama-texnologik yechimlarni ishlab chiqadi. Jamoa o‘z bilimlari va tajribasini innovatsion yechimlarni yaratish uchun birlashgan reklama, ma'lumotlar va texnologiyalar sohasidagi ekspertlardan iborat.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
Programmatic-xaridlar. “GG Ads” avtomatlashtirilgan samarali reklama xaridi uchun to‘liq proprietar stekiga ega.
Tahlil va ma'lumotlarni qayta ishlash. AI va ML algoritmlari tufayli, kompaniya platformasi mustaqil o‘rganadi va maqsadli auditoriyaga aniq yetib borish uchun insaytlarni tezda izlab topadi.
Kreativ materiallarni yaratish va testlash. Reklama bannerlarini avtomatlashtirilgan holda yaratish, testdan o‘tkazish va yangilash uchun mo‘ljallangan o‘z platformasi reklama samaradorligini oshirish va zaruriy resurslar sonini kamaytirish imkonini beradi.
Texnologiyalarimiz Turkiya, BAA, Kipr va boshqa mamlakatlar bozorlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Hamkorimiz – Mobidriven 2 yilda Rossiyadagi programmatic-xaridlar bozorining yetakchilaridan biri bo‘ldi.
Kompaniya haqida batafsil axborot – saytda https://ggads.io/