VEON AdTech — “Tashkent Digital Marketing Forum 2024”ning VIP-hamkori
“VEON AdTech”— VEON kompaniyalar guruhining bir qismi bo‘lib, digital va performance-marketing, shuningdek zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, o‘z programmatic-platformasini rivojlantiradi.
«VEON AdTech» mijozlar va biznes manfaatlari yo‘lida ma'lumotlar bilan samarali ishlash uchun Big Data bazasida ilg‘or texnologiyalardan va sun'iy intellektdan foydalanadi. Reklama beruvchilar yuqori aniqlikdagi targetlangan tarqatmalarni amalga oshirish, do‘konlarda xaridorlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish, bozor ehtiyojini tadqiq qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Buning natijasi sotuvlar o‘sishida, reklama byudjetlarining optimallashuvida, savdo nuqtasi uchun joy noto‘g‘ri tanlanishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar bo‘lmasligida aks etadi. Raqamli marketing xizmatlari istalgan ko‘lamdagi – kichik hajmdagidan to global miqyosga ega bo‘lgan biznes uchun, shuningdek davlat sektori uchun mo‘ljallangan.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llashga investitsiya kiritishga qaror qilgan kompaniyalar kelajakni bugundanoq barpo etadilar. Birgalikda biz axborot shovqinisiz dunyoni bunyod etamiz!