Toshkentdagi tashqi reklama dizayn-kodi tasdiqlandi

12 Ноябрь, 2024

Toshkentdagi tashqi reklama va axborot obyektlarining dizayn-kodi tasdiqlandi

  • Toshkent shahri hokimligining raqamli rivojlantirish departamenti Toshkentdagi tashqi reklama va axborot obyektlarining dizayn-kodini ishlab chiqdi va u 25-oktyabrda Toshkent shahri xalq deputatlari kengashi qarori bilan tasdiqlandi.

  • Hujjat barcha ruxsat berilgan va taqiqlangan reklama obyektlari (konstruksiyalari)ning ro‘yxatini, shuningdek texnik reglament hamda ular muvofiq kelishi kerak bo‘lgan standartlar va talablarni belgilovchi qo‘llanmani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, hujjatda reklama konstruksiyalarining tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari va joylashuviga talablar ham keltiriladi, reklamadan xoli shahar hududlari va ularning xaritadagi joylari ko‘rsatilgan.

Reklamani joylashtirishga oid barcha qoidalar bilan havola orqali tanishish mumkin.

Biz reklamangizni yangi standartlarga moslashtirishda sizga yordam beruvchi batafsil yo‘riqnoma va qoidalarni ishlab chiqdik. Bu qoidalar rang yechimi, reklama konstruksiyalarining o‘lchami va joylashuvi kabi jihatlarni qamrab oladi. Reklamani ushbu standartlarga muvofiq holga keltirish shahar muhitini yaxshilash sari muhim qadam hisoblanadi - deyiladi shahar hokimligining matbuot xizmatida.

Biznesni rivojlantirish uchun kanal