Toshkent xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Toshkent «Heimtextil Uzbekistan», «Texworld Tashkent» va «Apparel Sourcing Tashkent» xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
2024-yil 6–8-noyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar markazida bir vaqtda uchta xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi: «Heimtextil Uzbekistan», «Texworld Tashkent» va «Apparel Sourcing Tashkent» o‘tkaziladi.
Bu ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va xaridorlar uchun o‘zaro uchrashib, to‘qimachilik va tikuv industriyasining so‘nggi tendensiyalarini muhokama qilish va yangi amaliy aloqalarni o‘rnatishning noyob imkoniyatidir.
«Heimtextil Uzbekistan» — uy to‘qimachiligi sohasidagi yetakchi Yevropa ko‘rgazmasi.
«Texworld Tashkent» to‘qimachilik matolari va innovatsiyalarni namoyish etadi.
«Apparel Sourcing Tashkent» tayyor kiyim-kechakka e'tiborni jamlab, yetakchi ishlab chiqaruvchilarni jalb qiladi.
4000 kv.m.dan katta maydonda turli mamlakatlar (Italiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy)dan 250 dan ziyod eksponentlar taqdim etiladi. 15000 dan ortiq mehmon, jumladan, Yevropadan bayerlar kutilmoqdaki, bu holat tadbirni Markaziy Osiyo to‘qimachilik tarmog‘i uchun asosiy voqeaga aylantiradi.