“Toshkent mineral suvlari” tiraj ishtirokchilari uchun sovg‘alar tayyorladi
15-may 19:00 da botdagi ovoz berish chog‘ida yutuq o‘ynalishining barcha shartlarini bajarganlarning har birida mana shunday ajoyib sovrinlar yutib olish imkoniyati bo‘ladi! 15-mayda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyani “MAKON Marketing” YouTube-kanalida tomosha qiling!
Yutuqlar o‘ynalishini o‘tkazib yubormaslik uchun YouTube -kanalga hoziroq obuna bo‘ling!
“Toshkent mineral suvlari” sanatoriysi 1952-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi shifobaxsh suvli va balneologik kurort sanaladi. Mijozlar salomatligi yo‘lida yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun sanatoriy Germaniya, Italiya va Yaponiyaning yetakchi tibbiy kompaniyalaridan eng yangi diagnostika va davolash jihozlarini taklif etadi.
“Toshmineralsuvlar” sanatoriysida yurak qon-tomir tizimi, nafas olish a'zolari, nevrologiya, oshqozon-ichak trakti, tayanch-harakat apparati (kasal kuchaymagan paytlarda umurtqa va bo‘g‘imlar) kasalliklari, asab tizimining funksional buzilishlari bo‘lgan va KOVIDdan keyingi reabilitatsiyaga muhtoj mijozlar salomatliklarini tiklashlari mukin. Jismoniy reabilitatsiyaning zamonaviy uslublari qisqa muddatlarda jismoniy faollikning tiklanishiga va stressga chidamlilik ortishiga xizmat qiladi.
Davolash gipotermal (50 daraja), shifobaxsh mineral suvga asoslangan, u bevosita o‘z hududimizda joylashgan quduqdan 1,3 km chuqurlikdan olinadi. Bu esa, gigiena va sanitariya jihatidan juda katta ahamiyatga ega.