“TBC Group Uzbekistan” — “MAKON Marketing Forum” rasmiy hamkori
Bugungi kunda “TBC Group Uzbekistan” O‘zbekistonda uchta fintex-kompaniyani namoyon etadi – “TBC Bank Uzbekistan”, “TBC Rassrochka» va “Payme” to‘lov servisi.
“TBC Bank Uzbekistan” — O‘zbekistondagi ilk onlayn-bank. “TBC Bank Group PLC”ning uzviy qismi sanaladi.
Faoliyatini 2020-yilda boshlagan “TBC Bank Uzbekistan” mijozlarga o‘zining innovatsion fintex-platformasi yordamida xizmat ko‘rsatib va mobil ilova orqali chakana bank yechimlarini taklif etib, jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda 4 mln.dan ziyod ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uylaridan chiqmagan holda bank xizmatlaridan foydalana oladilar.
——————
“Payme” — O‘zbekiston fintex-industriyasidagi yetakchi kompaniyalaardan biri bo‘lib, 2012-yilda internet-ekvayring tizimi sifatida ta'sis etilgandi.
Butun mamlakatdagi 11,6 milliondan ziyod foydalanuvchilar kundalik masalalarni hal etishda to‘lov ilovasiga ishonch bildiradilar.
“Payme” foydalanuvchilarga kartadan kartaga pul o‘tkazish, kommunal va davlat xizmatlari haqini to‘lash, o‘z moliyasini boshqarish, kafe va restoranlarda to‘lov qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.