Tashkent Marketing Forum 2025 15-fevralda bo‘lib o‘tadi

07 Ноябрь, 2024

2025-yil 15-fevralda «Hyatt Regency» mehmonxonasida Tashkent Marketing Forum 2025 bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro marketing konferensiyasi doirasida bir vaqtda 5 ta zalda marketing yordamida biznesni rivojlantirishning eng dolzarb masalalari muhokama etiladi. Hozirda konferensiya dasturi shakllanmoqda.

Qanday marketing mavzulari va muammolarini siz forumda muhokama qilish uchun dolzarb deb hisoblaysiz? Ularni sharhlarda yozishingizni so‘raymiz. Shuningdek, bu mavzular bo‘yicha spikerlarni tavsiya qilishingiz ham mumkin.