Tanlovlar va reyting qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

25 Июль, 2022


O‘tgan hafta davomida Uyushmaning barcha yettita qo‘mitasining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

22 iyul kuni tanlovlar va reyting qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita a’zolari tomonidan musobaqalar tashkil etish va Uyushmaning boshqa qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha ko‘plab takliflar bildirildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz, Rocket agentligi rahbari Rustam Maxamadjanovni qo‘mita raisi etib tasdiqlangani bilan tabriklaymiz!

Ushbu haftada Uyushma Kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.