TAF! Toshkent reklama festivali Eventiada Awards mukofotini qo‘lga kiritdi!
TAF! Toshkent reklama festivali Eventiada Awards — kommunikatsiya sohasida Rossiyaning eng yirik mukofotini qo‘lga kiritdi!
TAF! Festivali «Obro‘ni boshqarish loyihalari» nominatsiyasida g‘alaba qozondi.
Marketing uyushmasi hamkorlarini, loyiha jamoasi va hamkorlarini umumiy g‘alabamiz bilan tabriklaymiz!
Eventiada Awards xalqaro mukofoti 2011-yilda ta'sis etilgan va 42 ta nominatsiyada eng yaxshi amalga oshirilgan loyihalarni kreativlikning yuksak darajasi, yondashuvning innovatsionligi, salmoqli natijalar va bejirim amalga oshirganlik uchun taqdirlaydi.
Mukofot kommunikatsiyalarda eng dolzarb yo‘nalishlarga e'tiborini qaratadi: barqaror rivojlanish va ESG, marketing kommunikatsiyalari, korporativ kommunikatsiyalar, xususiy yutuqlar va yoshlarning hissasi.