Tadqiqot va ekspertlar qo'mitasi yig'ilishi
19 Июль, 2022
Yaqin kunlarda Uyushmaning barcha yettita qo‘mitasining yig‘ilishlari rejalashtirilgan.
15 iyul kuni tadqiqot va ekspertlar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Biz turli ma'lumotlarni olish, bozorni o'rganish, marketing tadqiqotlari bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlar o'tkazish imkoniyatlari bilan bog'liq masalalarni muhokama qildik. Marketing tadqiqotlari sohasidagi muammoli masalalar ro'yxatini tuzishni boshlash taklif qilindi. Biz barchani ushbu muhokamaga qo'shilishga taklif qilamiz.
Yig‘ilishda ovoz berish natijalariga ko‘ra qo‘mita raisligiga saylangan “De Facto” marketing agentligi rahbari Aziz Burievning nomzodi ma’qullandi. Tabriklaymiz!