Siberian Wellness — “MAKON Marketing Forum 2024”ning rasmiy hamkori
08 Апрель, 2024
E'tiboringizga faol turmush tarzi, salomatlik, go‘zallik va sport mahsulotlari jahon brendi — “Siberian Wellness”ni taqdim etamiz!
Wellness-kelajak: barqaror taraqqiyot strategiyasi.
“Siberian Wellness” kompaniyasini tashkil etishda biz birgina maqsadni ko‘zlagandik: dunyoni yaxshiroq qilish. Biz insonlarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini berish va ular uchun Sibir tabiatining noyob olami eshiklarini ochishga intildik.
- 27 yil davomida biz o‘sib-ulg‘aydik va vazifalarimiz globalroq tus oldi. Bugungi kunda jamoamiz bir necha asosiy yo‘nalishlarda jo‘shqin faoliyat yuritmoqda: ekologik ishlab chiqarish takomillashtirilmoqda, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda, mas'uliyatli iste'mol madaniyati rivojlantirilmoqda va faol turmush tarzi uchun tabiiy xavfsiz mahsulotlar ilgari surilmoqda.
- Biz o‘zimizga davlat reglamentidagiga qaraganda yuqoriroq talablar qo‘yamiz. Buni xalqaro sertifikatlar tasdiqlaydi – sexlarimiz hatto farmatsevtik tarmoqning qat'iy standartlariga ham muvofiq keladi.
- Kompaniya ISO, FDA, HACCP, GMP, HALAL sertifikatlariga ega.
14 yildan buyon biz O‘zbekiston bozorida jo‘shqin faoliyat yuritib kelmoqdamiz, oldin “Сибирское здоровье” savdo belgisi ostida ishlagan bo‘lsak, 2018-yilda yangilanish o‘tkazdik, endi yangi timsol, yangi logotip va yangi nom – “Siberian Wellness”ga egamiz. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2018-y.dagi PQ-3997-sonli Qaroriga muvofiq, bugungi kunda Kompaniya tomonidan investitsiya dasturi amalga oshirilmoqda.
Biz eko-loyihalar bilan faol shug‘ullanamiz. - Ko‘chat ekish bo‘yicha «100 GA» loyihasi boshlangandan beri o‘zimiz mavjud mamlakatlarda biz birgalikda 305,2 gektar yerga 1 159 461 dona daraxt ekdik! Yangi mavsumda Siberian Wellness daraxtlarining ikkinchi milliontasi sari dadil qadam tashlaymiz!
Internet-do‘kon: uz.siberianhealth.com