“Shak's media” — beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivalining VIP-hamkori

12 Сентябрь, 2023

“Shak's media” — beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivalining VIP-hamkori

To‘liq sikldagi “Shak's media” reklama agentligi 2016-yildan buyon faoliyat yuritadi va reklama xizmatlarining butun ko‘lamini: dizayn ishlab chiqishdan to keng ko‘lamli reklama kampaniyasigacha bo‘lgan xizmatlarni taklif etadi. “Shak's media” murakkab kompleks vazifalarni hal etuvchi va reklama ko‘magi bo‘yicha barcha xizmat turlarini taqdim etuvchi eng yirik reklama agentliklaridan biri sanaladi.

ASOSIY FAOLIYAT SOHALARI:

  • G‘oya, kreativ, dizayn yaratish;
  • Reklama konsepsiyasi va reklama materiallarini ishlab chiqish;
  • Turli kanallar va formatlar inobatga olingan holda reklama kampaniyalarini rejalashtirish;
  • 360 reklama kampaniyasini tashkil qilish va o‘tkazish;
  • Samarali, to‘liq ko‘lamli PR;
  • Media-rejalashtirish va barcha tashuvchilar: TV, radio, monitorlar, bilbordlar, brandmauerlar, aeroportlar, metro, avtobus va sh.k.da reklama materiallarini joylashtirish;
  • Digital PR va ijtimoiy tarmoqlarda marketing, blogerlar bilan ishlash.

Sayt | Instagram | Facebook