Qimmatbaho sovg'alar o'yinida ishtirok eting!

04 Май, 2023

VI “Yil brendi 2022” mukofoti doirasidagi yutuq o‘ynalishining ommmaviy ofertasi

Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – Oferta) O‘zbekiston marketing uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – Uyushma)ning istalgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda – Ovoz berish ishtirokchisi)ga qaratilgan, yutuq o‘ynalishida qatnashish to‘g‘risidagi Shartnoma tuzish taklifi sanaladi.

Oferta Shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi, chorlovga javob bergan har bir shaxs bilan ko‘rsatilgan shartlarda Shartnoma tuzish bo‘yicha Uyushmaning taklifi sanaladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 369- m., 2- xatboshisiga muvofiq, ommaviy Oferta deb tan olinadi.

Yutuq o‘ynalishida qatnashishdan oldin ishtirokchi ushbu Oferta bilan tanishib chiqishi lozim. U Oferta shartlariga umuman yoki biror qismlariga rozi bo‘lmasa, yutuq o‘ynalishida qatnashishdan tiyilishi kerak.

Oferta shartlariga rozi bo‘lgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 365-m., 1- xatboshisiga muvofiq, ishtirokchi Oferta akseptini bajargan paytdan Shartnoma tuzilgan sanaladi.

  1. Atamalar va tushunchalar

1.1. Yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi. Yutuq o‘ynalishida umumiy asoslarda 12 yoshdan oshgan istalgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek chet el fuqarosi qatnashishi mumkin. Yutuq o‘ynalishida voyaga yetmaganlarning qatnashishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda, ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Yutuq o‘ynalishida voyaga yetmaganlarning ishtiroki uchun ota-onadan biri yoki qonuniy vakilining roziligi kerak.

1.2. Yutuq o‘ynalishi hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.3.Yutuq o‘ynalishi tashkilotchisi: O‘zbekiston marketing uyushmasi. Tashkilotchi ofertaga o‘zgartirishlar kiritish (bunday o‘zgartirishlarni Telegram-botda albatta e'lon qilgan holda) huquqiga ega.

1.4. Yutuq o‘ynalishi sovrinlari. Ovoz berish ishtirokchilari o‘rtasida yutuq o‘ynalishining sovrinlari “Yil brendi 2022” mukofoti ishtirokchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi.

2.Yutuq o‘ynalishi taomili

2.1 Yutuq o‘ynalishida qatnashish uchun quyidagilar zarur:

  • @makon_brand_bot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish;
  • Verifikatsiyadan o‘tish (jo‘natilgan sms-kodni kiritish);
  • Sevimli brendi uchun shaxsan ovoz berish;
  • Botda ovoz berish taklifini va @makon_brand_bot botiga havolani kamida uch kishiga yuborish;
  • Sizning havolangiz orqali uch kishi ovoz bergach, siz yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi bo‘lasiz.

2.2. Yutuqlar 2023-yil 15-mayda MAKON Marketing YouTube-kanalida jonli efirda o‘ynaladi. https://www.youtube.com/results?search_query=makon+marketing

2.3. G‘oliblar Tasodifiy raqamlar generatori servisi (randomayzer) yordamida tasodifiy tarzda tanlanadi. Tanlangan telefon raqami orali jonli efirda telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshiriladi.



YUTUQNING MAJBURIY SHARTI:
Kiruvchi telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish.

Agar yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi telefon qo‘ng‘irog‘iga javob bermasa, yutuq qaytadan o‘ynaladi.

  1. Tartibga soluvchi qonunchilik

3.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shartnoma ijrosi bilan bog‘liq shikoyatlar, da'volar, tushunmovchilik yoki bahs-munozaralar yuzaga keladigan bo‘lsa, tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun bor sa'y-harakatlarni ishga soladilar. Aks holda istalgan tomon munozarani Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.

  1. Xabarnoma

4.1. Axborot va boshqa tur xabarlar yutuq o‘ynalishi ishtirokchisiga @makon_brand_bot Telegram-botida yuboriladi

5.Tashkilotchining rekvizitlari va kontakt ma'lumotlari

O‘zbekiston marketing uyushmasi

Pochta manzili: 100007, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi, 25

Telefon: (+998) 97402 28 20

E-mail: info@marketing.uz