O‘zbekiston marketing uyushmasi minnatdorchilik bildiradi

24 Октябрь, 2024

O‘zbekiston marketing uyushmasi Tanlovlar va reytinglar qo‘mitasining raisi, TAF!23 va TAF!24 festivallarining kuratori, Rocket, Taboo Branding, YES Media asoschisi, kreativ direktori Rustam Mahamadjonovga mamlakatimiz festival madaniyatini rivojiga qo‘shgan katta hissasi, TAF!24 Toshkent reklama festivaliga ko‘rsatgan uslubiy ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Biz sizning tashabbuskorligingiz, mas'uliyatliligingiz, kreativingiz va marketing tarmog‘ini rivojlantirish istagingizni yuqori baholaymiz!

Kelgusida muvaffaqiyatlar va loyihalaringiz rivojini tilaymiz!