O'zbekiston Marketing Uyushmasi Marketologlar kuni bilan tabriklaydi!

19 Апрель, 2024

O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi o‘z yig‘ilishida uyushma hamkorlarining kasbiy bayramlarni nishonlash to‘g‘risidagi takliflarini ma'qulladi.

1996-yil 25-avgustda
Mustaqillikning 5-yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekistonda birinchi bor ijtimoiy reklama milliy syujetlari ishlab chiqilgan va shaharlar ko‘chalariga joylashtirilgandi.

2016-yil 19-aprelda
Toshkentda ilk bor mamlakat marketologlarini birlashtirgan birinchi ADWEEK marketing va reklama haftaligi boshlangan.

O‘zbekiston marketing uyushmasi 19- aprel Marketologlar kuni munosabati bilanassotsiatsiyaning barcha hamkorlarini shu jumladan, marketing sohasining boshqa vakillarini bayram bilan muborakbod etadi.

Sizlarga yurtimizdagi muvaffaqiyatli biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi say'i-harakatlaringiz e’tibor va intilishlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Faoliyatingizda ulkan yutuqlar, mustahkam sog‘liq salomatlik tilaymiz!

@makonmarketing