O‘zbekiston marketing uyushmasi “IT ALLIANCE” dasturiy ta'minot va IT-servislar sotuvchilari uyushmasi bilan memorandum imzoladi.

11 Июль, 2024

Uyushma raisi — Rustam Toshov

“IT ALLIANCE” — xalqaro va mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-servislarni ilgarilatish (rivojlantirish)da qatnashuvchi kompaniyalarga ko‘mak ko‘rsatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi O‘zbekistondagi noyob notijorat tashkiloti.

Uyushma missiyasi: zamonaviy innovatsiyalar va tezkor progress voqeligida dasturiy ta'minot va IT-servislar sotuvchilari bozorining sifatli rivojlanishiga yo‘naltirilgan birlashmani yaratish uchun harakat qilish.

✔️Bugungi kunda uyushma — bu dunyoning 16 ta mamlakatidan hamkorlar va ekspertlarning ekotizimidir. Ekspertlar soni 60 nafarga yetdi, 40 tadan ziyod kompaniya hamkor sanaladi.

A'zolar uchun imkoniyatlar va a'zolikka qabul shartlari – IT ALLIANCE saytida.

Website | Telegram