Ovozlar takroriy verifikatsiyasidan keyin iste'molchilar tanloviga ko‘ra VI «Yil brendi 2022» mukofoti g‘oliblari aniqlandi

16 Май, 2023

Ovozlar takroriy verifikatsiyasidan keyin iste'molchilar tanloviga ko‘ra VI «Yil brendi 2022» mukofoti g‘oliblari aniqlandi

2023-yil 10-mayda @makon_brand_bot Telegram-botida iste'molchilar ochiq ovoz berishi yakunlandi. Bu yil «Yil brendi 2022» mukofoti an'anaviy ravishda 25 ta nominatsiyada o‘tyapti va tanlovda mamlakatning 211 ta faol brendi qatnashmoqda. Ovoz bergan iste'molchilar soni 500000 kishidan oshdi.

Ovoz berish bo‘yicha kelib tushayotgan savollar ko‘pligi tufayli, biz «ClickME» agentligi rahbari Timur Bakievga murojaat qildik. U 2019-yilda Telegram-botda ilk ochiq ovoz berish tashkil etilgandan beri botni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda iste'molchilar ovoz berishi statistikasini yuritish bilan shug‘ullanadi. «ClickME» jamoasi Telegram-botda ovoz beruvchilarning takroriy tekshiruvini o‘tkazdi.

VI «YIL BRENDI 2022» ISTE'MOLCHILAR OVOZ BERISHI ISHTIROKCHILARINING TAKRORIY VERIFIKATSIYASINING BAYONNOMASI

Foydalanuvchilar ovoz berish uchun Telegram-botga turli qurilmalardan kirdilar. Har bir qurilma o‘zining noyob identifikatoriga ega bo‘lib, u bot ma'muriyat panelida “stats” maxsus maydonida saqlanib qoladi. Ovoz berishni buzib ko‘rsatish uchun foydalanuvchilar, ovoz berish ishtirokchilari ko‘proq bo‘lgandek ko‘rinishi uchun, bir nechta qurilmadan foydalanishlari mumkin edi. Shuningdek, ulanishning IP-manzillari tahlil qilindi, u yerda ham qonuniyatlar aniqlandi.

Ovoz berish jarayoni davomida sim-kartasini almashtirgan va Telegramdan chiqib ketgan foydalanuvchilar bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi, bu jadvaldagi “foydalanuvchi maqomi” bandining bo‘shab qolishiga olib kelgan. Butun ovoz berish davrida bunday foydalanuvchilar soni 125173 nafarni tashkil qildi.

Shubhali foydalanuvchilar bir nechta o‘xshash yoki bir xil akkauntlar bilan ham bog‘liq bo‘lgan, bu ovoz berishni buzib ko‘rsatish uchun ko‘plab akkauntlardan foydalanish imkoniyatiga ishora qiladi. Masalan, ketma-ket keladigan raqam (481, 482 va h.k.)li foydalanuvchi nomiga ega juda ko‘p sonli foydalanuvchilar aniqlandi. Shuningdek, bir xil nomlardan ham foydalanilgan – Jaha! nomi ayniqsa faol bo‘ldi.

Shubhali foydalanuvchilar ro‘yxatini qisqartirish uchun ommaviy SMS tarqatmasi amalga oshirildi. Ushbu tarqatma natijasida jadvaldagi “SMS” bandi (12 soat kutilgandan keyin) 'NotDelivered' yoki 'Expired' bo‘lgan 102701 nafar foydalanuvchi aniqlandi. Ya'ni, bu amalda raqam o‘chirilgani yoki qamrov doirasidan tashqarida ekanini anglatadi. Bizning holatimizda bu to‘qima foydalanuvchi deganidir.

Bu tadbir mana shunday foydalanuvchilardan foydalangan brendlarni aniqlash imkonini berdi. Keyin ovoz berishning haqqoniyligini ta'minlash uchun shubhali ovoz berishlarni istisno qilish choralari ko‘rildi.

Mukofotning har bir ishtirokchisiga, uning yozma murojaatiga ko‘ra, ovoz berishdan istisno qilingan va, shu sababli, yakuniy natijani aniqlashda inobatga olinmagan foydalanuvchilar bazasi taqdim etilishi mumkin.

Qayd etishni istardikki, sezilmas to‘g‘rilashlar barcha ishtirokchilarda uchradi, chunki o‘z faoliyatini niqoblash uchun bir o‘zi emas, boshqa brendlar uchun ham ovoz berish holatlari kuzatildi.