Nima uchun TAF!24 musobaqasida qatnashish kerak?

18 Июль, 2024

“Paradigma Studio” brending agentligi art-direktori Farruq Murod o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

"Iyunda men rafiqam bilan “Young Lions” xalqaro festivalidan O‘zbekistonga “Design” toifasida birinchi bronzani keltirdik. Mamlakatimizni eng obro‘li kreativ festivalda munosib taqdim eta olganimizdan baxtiyormiz!

G‘alaba sari yo‘limiz turli festivallarda qatnashish, tajriba oshirish va loyihani hay'atga qanday chiroyli taqdim etishni asta-sekin tushunish orqali o‘tdi. Bu – amalda barcha g‘oliblar bosib o‘tadigan bebaho tajribadir.

Shu sababli, agar eng zo‘r tanlovlarda birinchi bo‘lishni istasangiz, shu onda va shu yerda boshlash kerak! Chunki iyul va avgustda oltinchi TAF!24 Toshkent reklama festivaliga arizalar qabuli o‘tkaziladi.

16 ta nominatsiya, xalqaro va mahalliy hay'atning tajribali tarkibi – bu sizning bugunoq g‘alaba tomon qadam tashlashingiz uchun imkoniyatdir!

Buning uchun ozgina harakat kerak, xolos:

O‘zingizning eng muvaffaqiyatli loyihangizni tanlang;


Uni videoloyihaga qadoqlang;

marketing.uz saytida nominatsiya tanlang va ariza qoldiring.

Shu kifoya.
Siz bilan g‘oliblarni taqdirlash marosimida ko‘rishamiz va ichingizda biringizni o‘zim shaxsan taqdirlayman!"

Oltinchi TAF!24 uchun loyihalar qabuli esa, havola orqali davom etmoqda.

Konsultatsiya:
+998974022820

#TAF24