«MAKON Marketing Forum 2023» ning rasmiy hamkori
25 Апрель, 2023
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i - «MAKON Marketing Forum 2023» ning rasmiy hamkori.
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i 2010-yilda o‘zining ilk do‘konini ochgan bo‘lib, hozirgi paytda butun O‘zbekiston bo‘ylab 70 dan ziyod savdo do‘konlari mavjud.
ISHONCH muddatli to‘lov asosida keng assortimentdagi elektronika, mayda va yirik maishiy texnika, mebel, qurilish materiallari va kundalik ehtiyojlar uchun mahsulotlarini taqdim etadi.
ISHONCH kompaniyasining missiyasi bu: "Qisqa vaqt ichida orzularni haqiqatga aylantriib, unga erishish uchun imkoniyat yaratib, biz mavjud bo‘lgan hududlarda aholi turmush tarzini rivojlantirish va yuksaltirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz".
ISHONCH - HAYOTNI HOZIRDAN BOSHLANG!