“MacCoffee” — “MAKON Marketing Forum 2024”ning rasmiy hamkori.

08 Май, 2024

Singapurning “Food Empire Holdings” kompaniyasi va “MacCoffee” brendi VI xalqaro “MAKON Marketing Forum” biznes-forumi va VII “Yil brendi 2023” mukofotining rasmiy hamkori bo'lishdan mamnundir.


"Kompaniyamiz uchun ushbu tadbirning bir qismi bo'lish qadrlidir, chunki bunday loyihalar insonlarning eng yaxshi brendlar va ularning takliflari foydasiga tanlov qilishlarida, bozorning o'sishida yordam beradi va raqobat muhitining rivojlanishiga xizmat qiladi".

“MacCoffee” — mamlakatdagi qahva ichimliklari sohasidagi yetakchi savdo belgisi.

Kompaniya O'zbekiston bozorida 2003-yildan buyon faoliyati yuritadi.

“MacCoffee” keng assortimentga ega: qahvali ichimliklar, sublimatsiyalangan qahva, qahva donlari va maydalangan qahva.

Haqiqiy innovator sifatida, “MacCoffee” turli toifalardagi yangi va noyob mahsulotlarni taklif etishda davom etadi.

“MacCoffee” har bir iste'molchini qadrlaydi va har doim o'z mahsuloti sifatini qo'llab-quvvatlashga intiladi.

Forum dasturi

18–19-may, Humo Arena, kirish bepul

Bosh hamkor — “Kapitalbank”

+998 97 402 28 20