Kun qahramoni — Taufik Xisamov

16 Январь, 2024

“Kun qahramoni” rukni doirasida yangi qatnashchi


Taufik Xisamov — “Khisam Communications” kommunikatsiya agentligida CEO. Marketing kommunikatsiyalari, reklama va PR sohasida 15 yildan ziyod mehnat stajiga ega ekspert mamlakatimiz va xorijdagi o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U, shuningdek, yaqinda o‘tadigan “E+ Awards Markaziy Osiyo 2024” mukofotida katta hakam sanaladi.


2023-yil yozidan buyon O‘zbekistonda marketing kommunikatsiyalari, jumladan strategik kommunikatsiyalar, reklama, OAV bilan aloqa, PR, GR va Digital-kommunikatsiyaga ixtisoslashgan, Toshkent, Almati va Moskvada ofislariga ega “Khisam Communications” xalqaro kommunikatsiya agentligi ish yuritmoqda.
Agentlik bozorimizda birinchilardan bo‘lib yangi amaliyotlarni, jumladan blogerlar bilan ishlash yoki storitellingni yo‘lga qo‘ydi.


— : “Keyingi yillarda O‘zbekiston hayratnalarli iqtisodiy o‘sish, keng ko‘lamdagi hukumat islohotlarini ko‘rsatmoqda. Ular 2017-yilda boshlangan bo‘lib, o‘zbek iqtisodiyotini globallashtirishga qaratilgan va xorijiy kompaniyalarni jalb qilishni rag‘batlantiradi. Oldindan O‘zbekistonni yoqtirishim tufayli, doim mijozlarimizga mintaqaning investitsiyalar uchun jozibadorligini namoyish etishga intilardim.
Bizning ajralib turuvchi xususiyatimiz xalqaro ekspertiza sanaladi, uni biz xalqaro kompaniya bo‘ladimi, mahalliymi – kelib chiqishidan qat'i nazar, barcha buyurtmachilar bilan ishlashda qo‘llaymiz. Shu tariqa biz “Oracle”, “Acer”, “Kaspersky”, “Innotech” va boshqa kompaniyalarga O‘zbekiston bozoriga kirishga, mintaqadagi iste'molchilar va hamkorlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga yordam berganmiz. Yaqindagi keyslardan biri – “Ozon” marketpleysi bilan MDHga chiqish bo‘yicha ishlash yoki, misol uchun, biz O‘zR Turizm va sportni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlik qildik, sayyohlik yo‘nalishi sifatida mamlakat brendining Rossiyada ilgarilatish bilan shug‘ullandik, shuningdek AKT vazirligi va qator mahalliy bizneslar bilan ishladik”.


PR.UZ tahririyatining intervyusi