Kun qahramoni — Shahnoza Yakubova
«Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchini sizga taqdim etamiz
Bugungi qahramonimiz — Shahnoza Yakubova, u ketma-ket 3 yildan buyon «Yil brendi» mukofotida eng yaxshi tibbiyot markazi nomiga sazovor bo‘layotgan, shuningdek Tibturizm uyushmasidan 5 yulduzli klinika maqomini olgan «AKFA Medline University Hospital» universitet klinikasida marketing va PR bo‘limi rahbaridir.
Shahnoza Yakubovaning tajriba va yutuqlari:
- 2015-yilda o‘z karyerasini «AKFA» kompaniyasida boshladi, u yerda «Imzo» va «AKFA» event-menejeri bo‘lib ishladi.
- 2016-2017-yillarda kompaniyada «AKFA steel», «Bizning Doner, Autograph Gallery» kabi brendlar bo‘yicha brend-menejer bo‘lib faoliyat yuritdi.
- 2017-yil o‘rtalarida «AKFA Medline» tibbiyot markazining brend-menejeri bo‘ldi, 2018-yilga kelib esa, «AKFA Medline University Hospital»da marketing va PR bo‘limiga rahbarlik qila boshladi.
- 2018-yildan buyon marketing va PR bo‘limi rahbari sifatida ushbu maqomni egallab kelmoqda.
— : «2023-yilda hamkasbim bilan «Medical Business Club Of Central Asia» hamjamiyatiga asos soldik, uning bazasida turli mamlakatlardan tibbiyot sohasidagi ekspertlar bilan treninglar o'tkazyapmiz. Shuningdek, biznes-trenerlikka o‘qidim va vrachning shaxsiy brendi, tibbiyot sohasida obro‘ marketingi, MBCCA bazasida servis sifatini oshirish bo‘yicha, shuningdek markazimiz xodimlari uchun treninglar o‘tkazaman».
Shahnoza Yakubova o‘z ishiga bo‘lgan mehr va takomillashuv istagi muvaffaqiyatga olib kelishining yorqin namunasidir. Uning jiddu-jahd bilan ishlashi va marketingdagi qobiliyati o‘zining yuksak natijalarga erishishiga yordam beribgina qolmay, boshqalarni ham o‘z maqsadlariga erishishlariga ham ruhlantirdi.