Kun qahramoni — Kamoliddin Beknazarov

29 Январь, 2024

E'tiboringizga «Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz

Kamoliddin Beknazarov«Gross» sug‘urta kompaniyasi marketing bo‘yicha direktori, Boshqaruv raisining o‘rinbosari.

Kamoliddin marketing, reklama va PR sohasida 10 yillik tajribaga ega.
Beshinchi yil «Gross» kompaniyasida marketing bo‘yicha direktor. Bunga qadar davlat va nodavlat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlarida ishladi. Shuningdek, 10 yildan ziyod vaqtdan buyon IT sohasidagi ikkita kompaniyada hammuassisi sanaladi.


— : « «Gross» sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchilaridan biri sanaladi. Mana 12 yildan buyon biz o‘zimizga nisbatan yuksak talablarni qo‘yamiz, bu kompaniyaga o‘z mijozlari uchun to‘laqonli servisni ta'minlash imkonini beradi. Biz birinchilardan bo‘lib bir vaqtda bir nechta sug‘urta polislarida onlayn-sotuvni yo‘lga qo‘ydik, Gross-Mobile mobil ilovasini ishga tushirdik.

Butun jamoaning uyg‘unlikda ishlashi tufayli, 2023-yilda “Gross” “O‘zbekistonda sug‘urta sohasidagi eng innovatsion kompaniya” nominatsiyasida “The Global Economics Awards”, “Umumiy sug‘urtalash bo‘yicha eng yaxshi kompaniya” nominatsiyasida “International Finance Awards 2023”dek obro‘li xalqaro sovrinlari sohibi bo‘ldi».


O‘tgan yillarda yana «Global Banking & Finance Review»dan «O‘zbekistonda onlayn-sug‘urtalash sohasidagi eng yaxshi kompaniya», «O‘zbekistondagi turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi» va «Sug‘urtalash sohasidagi eng yaxshi mobili ilova» nominatsiyalarida 3 ta xalqaro sovringa ega bo‘ldi.


«Fitch Ratings» xalqaro agentligi «barqaror» prognozi bilan «B+» darajasida moliyaviy barqarorlik reytingini taqdim etgan.


O‘zbekiston brendlari va agentliklarining marketing samaradorligi reytingi yakunlariga ko‘rsa esa, «Gross» sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinda va mamlakatning barcha brendlari umumiy reytingida top-20talikka kirgan.


Kompaniyaning marketing yutuqlari TAF! Toshkent reklama festivalida qayd etilgan, u yerda 3 ta turli reklama kampaniyalari platina, oltin va bronza sovringa ega bo‘lgan. Shuningdek, keyingi 4 yilda ikki marta “Yil brendi” bo‘ldi.