“Kapitalbank” — “MAKON Marketing Forum 2024”ning Bosh hamkori

10 Май, 2024

“Kapitalbank” — O‘zbekistondagi eng yirik tijorat banki, 2023 yildan “Uzum” milliy raqamli servislar ekotizimi tarkibiga kiradi.

23 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida bank o‘zini mamlakatning 1,9 mln aholisi va 65 ming tadbirkorning ishonchli moliyaviy hamkori sifatida tavsiya etdi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, “Kapitalbank” o‘z kapitalining rentabelligi 50,8% ni tashkil qildi.

✅️ Mamlakatning eng yirik moliyaviy institutlaridan biri o‘laroq, “Kapitalbank” nafaqat bank servislarini rivojlantirish va yangi mijozlarni jalb qilishni, balki O‘zbekiston aholisini moliyaviy savodxonlikka, biznes yuritishga, byudjetni loyihalashtirish va boshqa ko‘p sohalarda o‘qitishni ham o‘zining vazifalari deb e'tirof etadi.

✅️ Bank mamlakat ekologiyasini asrash va yaxshilash hamda sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat va xususiy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlaydi.
Oxirgi yilda “Kapitalbank” O‘zbekistonning eng yaxshi chakana banki va eng innovatsion xususiy banki sifatida ko‘p sonli xalqaro va milliy sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Reyting agentliklari bank faoliyati ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini qayd etadi.

“Kapitalbank”da butun O‘zbekiston bo‘ylab 95 ta bo‘linmada 3000 dan ortiq xodim ishlaydi.

Forum dasturi

18–19-may, Humo Arena, kirish bepul

+998 97 402 28 20

www.kapitalbank.uz