“Jizzax Organic” — “MAKON Marketing Forum”ning VIP hamkori
“Jizzax Organic” — respublika ko‘lamidagi muammolarni hal qilish uchun tuzilgan milliy qishloq xo‘jaligi klasteri.
"Biz O‘zbekiston chorvadorligini yangi sifat darajasiga olib chiqamiz va O‘zbekistonda zotli mollar chorvachiligining poydevorini quramiz, go‘sht-sut mahsulotlari oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini shakllantiramiz, eksport salohiyatini kuchaytirib, mamlakatning importga bog‘liqligini kamaytiramiz.
Biz chorvalar uchun yem ishlab chiqarishdan to savdo nuqtalarida chakana savdoga qadar, ishlab chiqarishning butun siklini mustaqil amalga oshiramiz. Bu bizga barcha bosqichlarda mahsulot sifatini nazorat qilish, shuningdek mahsulotning optimal tannarxini va do‘kon rastalaridagi hamyonbop narxini ta'minlash imkonini beradi. Sifat nazorati ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Olingan “Halal” sertifikati bizning mahsulotimiz tarkibida taqiqlangan komponentlar mavjud emasligiga va barcha “halol” standartlariga muvofiq kelishiga dalolat qiladi.
Biz har bir o‘zbek oilasi sifatli va mazali “Made in Uzbekistan” go‘shtini xarid qila olishini istaymiz!"
Biz biznesga emas, mustaqil O‘zbekiston millatining salomatligiga sarmoya kiritamiz!