Iste'molchilar eng yaxshi reklamani tanlaydilar
Iste'molchilar eng yaxshi reklamani tanlaydilar
Bugun, 25 sentyabr soat 23:59 da «2023-yil reklamasi» tanlovi doirasidagi iste'molchilar ochiq ovoz berishi yakunlanadi.
Bugunga qadar 20 mingdan ziyod iste'molchilar o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar, ular tanlovning 8 ta nominatsiyasida ovoz beribgina qolamay, yuborilgan 3 ta savolga ham javob berdilar.
Keyingi 3 kun ichida ovozlarni tekshirish amalga oshiriladi, shundan keyin siz tanlovning marketing.uz saytida yakuniy natijalarni ko‘rishingiz va g‘oliblarni tabriklashingiz mumkin!
7-oktyabrda “Anhor” parkining karting markazida, TAF!23 festivali doirasida G‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Ovoz berishda qatnashgan barchaga minnatdorlik bildiramiz va sizlarni tanlov hamkorlari tomonidan yutuqlar o‘ynalishi kutayotganini eslatamiz. Batafsil axborot Telegramda, foyda.uz kanalida e'lon qilinadi.
#taf23