Imtiyozli hamkorimiz – “Aida Pioneer”ni rebrending bilan tabriklaymiz
“Aida Pioneer” – brending va kommunikatsiyada ekspertizaga ega mustaqil agentlik. 20 yildan ziyod vaqtdan beri agentlik muvaffaqiyatli ravishda brendlar yaratadi va ishga tushiradi, samarali strategiyalar ishlab chiqadi, jozibali kreativ yechimlar o‘ylab topadi va kompleks 360 kampaniyalar o‘tkazadi. Keyingi 9 yilda agentlik Belarus kreativlik va samaradorlik reytinglarida yetakchilik qiladi, shuningdek Effie Index 2021 talqiniga ko‘ra, dunyoda 9- o‘rinni egallaydi. Agentlik portfoliosida Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyo va Yevropa bozorlaridagi 5000 dan ziyod loyihalar mavjud.
2023-yil agentlik uchun o‘zgarishlar, izlash va tadqiqotlar yili bo‘ldi. Agentlik jamoasi mijozlarga quloq soldi, insaytlar izladi, mulohazalarni shakllantirdi va sinovdan o‘tkazdi, bu orqali jamoa, mijozlar va jamiyat uchun «biz kimmiz?» so‘rog‘iga javob topishga intildi.
Agentlik direktori Yuliya Kapitanova: “Agentlik keyingi vaqtda sezilarli o‘zgardi, mijozlarning kutilmalari rivojlandi, rejalar va tamoyillar isloh qilindi. Bularning barini qayta o‘ylab chiqish va qayd etish zarur bo‘ldi”,- deya qayd etdi.
Mahsulot va mijoz
“Aida Pioneer” – bu samarali brending va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspertlar. Agentlik jamoasi uchun ishni boshidan boshlash, mohiyatni anglash va, natijani kafolatlay olish uchun, qalblardan joy oladigan brendlarni barpo etish qiziqarlidir. Mijozlar va xodimlar agentlikka karyerada yoki biznesda, salohiyatda, imijda, foyda ko‘rishning sur'ati va boshqa jihatlarda bo‘lsin – o‘zgarishlarni istab murojaat qiladilar.
O‘ziga xoslik
“Aida Pioneer” o‘zini Cheynjer deb ataydi. Ularning yechimlari biznesni, odamlarni, bozorni, dunyoni va kelajakni o‘zgartiradi. Agentlik birinchi bo‘lishga va imkonsiz ishning uddasidan chiqishga intiladi, odamlar va loyihalarga g‘ayrat bag‘ishlashni, yirik rejalar va orzularni ro‘yobga chiqarishni, dadil g‘oyalarni amalga oshirish va o‘zingiz haqingizda dadil e'lon qilish yo‘llarini yaxshi biladi. Jamoa va mijozlar bilan birgalikda, agentlik rivojlanadi hamda biznes, bozor va atrof-olamni takomillashtiradi.
“Aida Pioneer” tinglashni va aniq hamda maksimal darajaada samarali harakat qilib, natijaga erishishni qoyillatadi. Agentlik o‘ziga va mijozlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, labda tabassum, ko‘ngilda nekbinlik bilan ishlaydi.
Agentlik muvaffaqiyatining formulasi uning nomida aks etadi. AIDA – butun dunyoda e'tirof etilgan, isbotlangan samaradorlikka ega sotuv modeli, Pioneer esa – novatorlik ramzi. Agentlik bilim va kreativni, ong va hissiyotni, mantiq va jo‘shqinlikni uyg‘unlashtiradi.
Agentlik qadriyatlari:
- Mijozlar: Mijozlarsiz agentlik bo‘lmaydi. U mijozlar uchun ishlaydi va ular tufayli rivojlanadi.
- Jamoa: Agentlikda tasodifiy odamlar yo‘q. Ular eng yaxshi professionallar va iqtidorlar – jasur, oqil va ochiq insonlar.
- Munosabat: halollik, ochiqlik, tashabbuskorlik, mas'uliyat va ishonchlilik.
- Rivojlanish: Agentlik bir joyda turmaydi, yangiliklarni o‘rganadi, sinab ko‘radi va faoliyatiga tatbiq etadi.
- G‘ayrat: Ishda jo‘shqinlik, ruhlanish va alanga sezilib turadi. O‘z ishini ishtiyoq bilan sevgan agentlik bu g‘ayratni atrofdagi hammaga yuqtiradi.
- Qulaylik: Agentlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlov va to‘liq uyg‘unlikka erishib, o‘zi va mijozlari uchun qulay sharoitlar yaratadi.
“Aida Pioneer” mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Anna Alshevskaya: “Biz o‘zimizni, jamoa va mijozlar qo‘llab-quvvatlagan katta g‘oyani topa oldik. Bunga hammamizning xizmatimiz singdi. Biz nihoyatda turfa xilmiz va mana shu qudratli sinergiyada bizning kuchimiz mujassam. Biz ishimizdan va bir-birimizdan maroqlanamiz hamda mijozlarni ajoyib jamoamizning bir qismi deb hisoblaymiz. Axir faqat shu tariqa o‘zingiz faxrlanadigan loyihalarni yaratish mumkin”.
Vizual aydentika
“Aida Pioneer” logotipi, aydentikasi va sayti – bu agentlik falsafasining in'ikosi, shu sababli xos uslub tub o‘zgarishlarga uchradi. Oldingi qizi va to‘q qora uyg‘unligidagi logotip o‘rniga yangisi: registrlar miksiga va qo‘shimcha unsur – bayroqchaga ega harfli logotip qabul qilindi.
Logotipning asosi – zamonaviy ko‘rinishdagi reklama rivojidagi muhim davrlardan biri – 80- yillardan ilhomlanilgan quyuq shrift. Bayroq, aydentikaning asosiy unsuri sifatida, novatorlikni ifodalaydi.
Yangilangan rang palitrasi muqobil yashil, vintaj qaymoqrang, kulrang, binafsharang va bosiq alvon rangni o‘z ichiga oladi. Quyuq sarlavha va «timsoh» patterni ham uslubning asosiy unsurlariga aylandi.
Bu atributlarning barchasi, shuningdek Shveytsariya uslubidagi illyustratsiyalar to‘liqligicha agentlikning o‘zida ishlab chiqilgan yangi saytni bezashda o‘z aksini topdi.
Website|Instagram|Facebook|Telegram|Youtube