Ilk O‘zbekiston marketing xizmatlari agentliklari reestri e'lon qilindi

27 Декабрь, 2022

Ilk «O‘zbekiston marketing xizmatlari agentliklari reestri» e'lon qilindi

O‘zbekiston marketing uyushmasi o‘z hamkorlari va ekspertlarining tavsiyalari bilan Marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi agentliklar reestrini tuzdi. Bu ochiq, umumfoydalanishdagi bepul resurs bo‘lib, bugungi kunda 21 ta yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan 150 dan ziyod agentlikni o‘z ichiga olgan.

Reestr bilan tanishih


Reestrni tuzishdan maqsadlar:

  • jismoniy va yuridik shaxslarga Reestr yo‘nalishlari bo‘yicha agentliklar to‘g‘risidagi dolzarb axborotni taqdim etish;
  • agentliklar faoliyati ochiqligi va samaradorligini oshirish;
  • potensial buyurtmachilarga tenderlar o‘tkazish va optimal pudratchilarni topishda yordam berish.


Hozirda Reestrning eng mashhur yo‘nalishlari quyidagilar:
Digital (26 ta agentlik), SMM (24 ta agentlik), Branding (24 ta agentlik).

Reestr muntazam yangilanib turadi va biz agentliklarni Reestrga kiritish uchun ariza taqdim etishga taklif etamiz.

Agentlik Reestrga qanday qo‘shiladi?

1. marketing.uz saytidagi Reestr sahifasida Reglament bilan tanishiladi

2. Reestr sahifasidagi elektron ariza to‘ldiriladi

3. Ariza kelib tushganidan keyin Uyushma Marketing xizmatlari qo‘mitasi navbatdagi onlayn-yig‘ilishda nomzodni Reestrga qo‘shish masalasini ko‘rib chiqadi va qaror chiqaradi.

Reestrda qatnashish muddatsizdir. Reestr qatnashchisi o‘zining axborot resurslarida, reklama maydonchalarida Reestrdagi ishtiroki to‘g‘risidagi axborotni joylashi, og‘zaki va yozma muloqotlarda Reestrdan havola keltirishi mumkin.

Shuningdek, Reestrda ishtirokchilarning kontakt ma'lumotlari, Uyushmaning ishtirokchi-hamkorlari uchun esa – saytga havola keltiriladi.

Agar loyiha sizni qiziqtirgan bo‘lsa va Reestrdan joy olishni istasangiz, qo‘shimcha ma'lumotlar uchun [email protected] pochtasiga yozing.