“Golden Minds” agentligini uyushma bilan hamkorlik uzaytirilganligi bilan tabriklaymiz!

20 Август, 2024

“Golden Minds” agentligini uyushma bilan hamkorlik uzaytirilganligi bilan tabriklaymiz!

Zatulovskaya Yuliya Yakovlevna – asoschi

“Golden Minds” agentligi 2017-yilda kreativ studiya sifatida ta'sis etilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida, o‘z mijozlarining ishonchi tufayli to‘liq sikldagi marketing agentligiga aylandi.

“Golden Minds” agentligi ilg‘or g‘oyalar va zamonaviy qadriyatlar asosida dolzarb hamda bo‘lg‘usida talab yuqori bo‘ladigan brendlarni shakllantiradi va ilgarilatadi.

Agentlik mutaxassislari shunchaki marketing xizmatlarini taqdim etish bilan kifoyalanmaydilar; ular uzoq muddatli asosda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ishonchli hamkordirlar.

Agentlikning ekspertlar jamoasi biznesning muvaffaqiyatli rivojiga ko‘maklashib, marketingga har tomonlama yondashuvni taklif etadi. Shuningdek, o‘zlari amalga oshirayotgan har bir loyihada innovatsiyalar, kreativlik va sifatga alohida e'tibor beradilar.

Website | Facebook | Instagram | Telegram