E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “FIDO-BIZNES”ni taqdim etamiz
“FIDO-BIZNES” kompaniyasi 1993-yilda ta'sis etilgan va O‘zbekistondagi eng yirik axborot tizimlari va texnologik yechimlarni ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilardan biri sanaladi.
Bugungi kungacha “FIDO-BIZNES” kompaniyasi:
- 1800 dan ziyod loyihalarni amalga oshirishga;
- 56 dan ziyod o‘z noyob ishlanmalarini ishlab chiqishga;
- 350 dan oshiq yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Flagman mahsulotlar orasida respublikaning 17 ta bankida qo‘llaniladigan IABS 7 dasturiy kompleksini; Korporativ ma'lumotlar ombori, yuridik va jismoniy shaxslar uchun Raqamli bank (…), “Billing” dasturiy komplekslari, ASKUE, shuningdek CRM-tizim, Marketplace kabi universal mahsulotlar va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mijozlarimiz sirasida davlat, bank, telekommunikatsiya, sanoat va boshqa tarmoqlarning yirik ishtirokchilari mavjud:
ASIA ALLIANCE BANK, Asakabank, Qishloq Qurilish Bank, Mikrokreditbank, Xalq banki, O‘zmilliybank, Orient Finans, Poytaxt Bank, Garant bank, Trastbank, TBC Bank, Uzagroexportbank, Universal bank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Ipoteka-bank, Hududiy elektr tarmoqlari, Elektr Energiyasini Hisobga Olishni Avtomatlashtirish Markazi Filiali, East Telekom, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, YANGI-GROUP, IT-Park, O‘zavtosanoat-Leasing, O‘zR MB Bosh axborotlashtirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.