E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “AVANTIKA SHIFOKOR”ni taqdim etamiz
Iskandarov Nurmamat Samandarovich — kompaniya asoschisi, muassisi va direktori
“AVANTIKA SHIFOKOR” ma’suliyati cheklangan jamiyat qo’shma korxonasi 1994 yilda tashkil etilgan.
Farmatsevtika mahsulotlari ulgurji ishlab chiqarish va realizatsiyasi bilan shugʼullanadi.
Korxonamiz Respublikamizdagi tibbiyot markazlari, klinikalar va dorixona muassasalariga antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi vositalar, gormonal preparatlar, vitaminlar, antikoagulyantlar va krem vositalarini sifatli va uzluksiz yetkazib bermoqda. Bu o‘z navbatida, tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida bemorlarni tez va asoratsiz sog‘ayishlariga o‘zining samarali ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Korxonamizning yetuk mutaxassislari tomonidan farmatsevtika sohasida ham amaliy, ham ilmiy tadqiqotlar olib borilishi, ko‘plab xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishi nafaqat jamiyat nufuzini oshishiga, balki respublikamiz farmatsevtika sohasining xalqaro miqyosda nufuzi ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.