E'tiboringizga “Kun qahramoni” rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz
Shaxrux Nizamutdinov — “FCB Artgroup” xalqaro kreativ agentligi boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori.
Liverpul universiteti Jahon marketingi sohasida magistr.
Buyuk Britaniya Qirollik marketing instituti (CIM) a'zosi.
O‘zbekiston, Ozarboyjon, Gruziya, Rossiya bozorlarida ish tajribasi.
:"O‘tgan yilda, agentligimiz va sohadagi hamkasblarimiz amalga oshirgan loyihalar sonini baholaydigan bo‘lsak, butun marketing xizmatlari bozori oldinga katta qadam tashladi. Bozor nafaqat son, balki sifat nuqtai nazaridan ham rivojlanayotgani yaqqol ko‘rinadi.
Loyihalarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan agentliklarning uzoq muddatli mijozlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ROZMETOV kompaniyasi uchun biz 4Rning barcha tarkibiy qismlari bilan PARVOZ brendini qayta ishga tushirdik. Natijada brend hajmi 4 barobar kengaydi, ammo meni BHTdagi taniqlilik ko‘rsatkichlari hayratga soldi. Bitta PARVOZ TOM reklama kampaniyasi 3-4 yildan buyon televizordan tushmayotgan brendlarga teng.
“Hyenkel” — bizning ancha yillik boshqa mijozimiz. BReF brendi uchun kichik digital-loyiha kompaniyaga oldinga qo‘yilgan ko‘rsatkichlarga erishish va festivallarda bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishimizga yordam berdi.
Bu loyihani mening ishtirokimsiz, mustaqil o‘ylab topib, amalga oshira olgan jamoamizdan alohida faxrdaman. Biz yilni “Pure Milky” brendi uchun virusli kampaniya bilan yopishga muvaffaq bo‘ldik, treker natijalarini hali qo‘lga kiritmagan bo‘lsak-da, “Qizcha va buzoqcha” bilan xayp chaqirishga muvaffaq bo‘ldik.
Bundan tashqari, boshqa mijozlarimiz uchun qator loyihalar bo‘ldi, ular haqida iste'molchilarda va mijozlar tomonidan ijobiy mulohazalar bildirildi. Bunga ALOQABANK rebrendingi misol bo‘ladi, unda, rolikni suratga olishda Nodirbek Abdusattorov va xalqaro rejissyor Aysultan bilan ishlash nasib etdi. Yangi IQOFni ishga tushirish va boshqa ko‘plab loyihalar 2023-yilni o‘ziga xosligini ta'minladi."