E'tiboringizga “Kun qahramoni” rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz!

15 Февраль, 2024

Arsen Sultanyan — raqamli reklama industriyasidagi muvaffaqiyatli tadbirkor, «Native Network» nativ reklama tarmog‘ining asoschisi (O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston), Armanistondagi birinchi «Digital Caramel» dijital-agentlik muassisisi va «Prodigi» to‘liq siklli xalqaro dijital-agentlik hamta'sischisi.

Arsenni 12 yildan ziyod mehnat tajribasiga ega raqamli marketing eksperti deyish mumkin:


— 2011-yilda u Armanistondagi birinchi dijital-agentlikka asos soldi.

— 2017-yilda Arsen «Native Network» nativ reklama tarmog‘iga asos soldi va 2022-yildan «Native Network» O‘zbekistonda ishga tushdi.

— Reklama tarmog‘i kun.uz, nuz.uz, darakchi.uz, sports.uz, mover.uz, aniq.uz, tribuna.uz, uzreport.news kabi eng ko‘p tashrif buyuriladigan o‘zbek maydonlarida bannerlar joylashtirish imkonini beradi.

— 2017-yilda Arsen «Prodigi» reklama agentligining hammuassisi bo‘ldi, u qisqa muddatda dijital-sohada katta muvaffaqiyat qozondi va xalqaro bozorga chiqdi.

— Kompaniya Pepsi, Xiaomi, KFC, Samsung, Jack Daniel’s, Porsche, Audi va Picsart kabi global brendlar bilan hamkorlik qildi.
«Prodigi» xalqaro bozorda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Qatar, Dubay va boshqalardan mijozlar bilan hamkorlik qiladi.

— 2017-yilda Arsen monetizatsiya bozorida Armaniston, AQSh va Estoniyada ishlab turgan filiallarga ega muvaffaqiyatli «Digital Caramel» xalqaro kompaniyasiga asos soldi.

«Digital Caramel» kompaniyasi monetizatsiyani sozlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, «Yandeks» kompaniyasidan sertifikat olgan uchta agentlikdan biridir.

Arsen hisobida turli xalqaro konferensiyalarda internet-marketing bo‘yicha ko‘plab taqdimotlar va nashrlar mavjud.

— Yerevan davlat universiteti OAV markazining sobiq o‘qituvchisi.