E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz.
Click — O‘zbekistondagi eng yirik fintex-kompaniya.
“Click” kompaniyasi 2011-yilda ta’sis etilgan. O’tgan davr mobaynida to’lov servisi bir daqiqadan kamroq vaqt ichida ko’plab moliyaviy amaliyotlar bajarish mumkin bo‘lgan raqamli gigantga aylandi.
2023-yilda kompaniya sezilarli o’sdi, ilova esa, funksionalroq, jadalroq va xavfsizroq bo’ldi. O’tgan yil davomida Click Up‘dagi akkauntlar soni 12 milliondan 15 millionga yetdi, tranzaksiyalar umumiy aylanmasi esa, 45% ga oshdi.
Suhingdek, 2023-yilda “Mening avtoim” servisi ishga tushirildi. Bu yerda 5% li keshbek bilan avtosug‘urtani hamda elektron ishonchnomani rasmiylashtirish mumkin. Shu joyning o’zida avtomobil to’g’risida barcha muhim axborot saqlanadi: guvohnoma, texpasport, sug’urta va oyna qoraytirish haqidagi ma’lumotlar.
“Click”ning kuchi nimada? Birinchi navbatda, xodimlarda. Butun jamoaning birdamlikda ishlashi sababli, kompaniya jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Ikkinchi va ahamiyatda qolishmaydigan muhim omil, albatta, foydalanuvchilarning o’zlaridir.
2024-yilda kompaniya o‘z oldiga olamshumul maqsadlar qo’ygan. “Click” ilova funksiyalarini sezilarli darajada ko‘paytirish va o‘z imkoniyatlarini moliyaviy sohadan tashqarida ham kengaytirishni rejalashtirgan.
Tayyor turing, tez orada “Click” sizni yoqimli hayratga soladi!
71 231 0880