Diyor Mirzaahmedovning «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi fikri
O‘zbekiston marketing uyushmasi Diyor Mirzaahmedovning «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi fikri
15-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga nisbatan reklamada «eng arzon narx» iborasini qo‘llaganligi uchun ish ochilganligi haqida ma'lum qildi. Idora boshqa do‘konlar va bozorlarda narxlar bundan baland emas, balki shu qatori ekanini e'lon qildi va «Korzinka»ni «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 16- moddasi 1- qismi hamda «Iste'molchilar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 6- moddasi 1- qismini buzishda aybladi.
16-iyulda «Korzinka» supermarketlar tarmog‘ining «Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar» dasturi haqidagi ommaviy bayonoti e'lon qilindi.
«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashdi va 2024-yil may oyida joriy etilgan «Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar» keng ko‘lamli dasturi borasida bayonot bilan chiqdi. Bu qadam vaqtinchalik aksiya bo‘lmay, balki kompaniyaning yangi narx strategiyasi bo‘lib, kundalik xarid tovarlari uchun tovarlar savatiga past narxlar shakllantirilishiga qaratilgan.
Reklama bozorini tartibga soluvchining professional ishlashi va tijorat kompaniyasining qonunchilikni buzganlikda ayblovga nisbatan professional munosabati yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu esa, quyidagilarni anglatadi:
✔️Qo‘mita reklama faoliyatini muntazam kuzatib boradi, reklamaning qonunchilik me'yorlariga muvofiqligini tekshiradi va qonun buzilishi aniqlanganda choralar ko‘radi.
✔️Qo‘mita o‘z qarorlari va motivlarini chop etib, bozorning barcha qatnashchilari uchun ochiq va tushunarli ish olib boradi.
✔️Qo‘mita reklama mahsulotini baholash va tahlil qilish uchun zaruriy bilimlar va tajribaga ega va bosiq qarorlar qabul qiladi.
✔️Qo‘mita bozor qatnashchilari bilan konstruktiv o‘zaro muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi, qonunchilik masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar va izohlar taqdim etadi.
Boshqa tomondan, ish ochilganligining ertasiga chop etilgan «Korzinka» supermarketlar tarmog‘ining ommaviy bayonoti quyidagilarga dalolat qiladi:
✔️Kompaniya ayblovga tezkor munosabat bildiradi, javob va vaziyatni hal qilish choralarini keyinga qodirmaydi.
✔️Kompaniya tafsilotlarni yashirmay va tartibga soluvchi hamda jamoatchilikka nisbatan vijdonan yo‘l tutib, barcha zaruriy axborotni taqdim etadi.
✔️Kompaniya tartibga soluvchi bilan faol hamkorlik qiladi, unga hujjatlar va izohlar taqdim etadi, shuningdek muhokamalarda qatnashadi.
✔️Kompaniya o‘z mijozlari, hamkorlari va jamoatchilikni qo‘llanilayotgan choralar va vaziyat o‘rganilishi natijalari haqida xabardor qiladi, obro‘ va ishonchni mustahkamlaydi.
✔️ Ikki tomonning bunday professionalizmi reklama faoliyatini qonun doirasida amalga oshirishning muhimligiga e'tiborni jalb qiladi va bozor ishtirokchilari va tartibga soluvchi o‘rtasida konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.