Coca-Cola – “TAF!23” beshinchi Toshkent reklama festivalining Beverage hamkori
Coca-Cola – “TAF!23” beshinchi Toshkent reklama festivalining Beverage hamkori
CCI — ichimliklar ishlab chiqarish sohasida Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Iroq, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Iordaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Suriyada faoliyat yurituvchi ko‘pmillatli kompaniya. “Coca-Cola” tizimidagi asosiy botlerlardan biri sifatida, CCI “The Coca-Cola Company”ning gazlangan va gazlanmagan ichimliklarini ishlab chiqaradi, tarqatadi va sotadi.
CCI`da 10 000 atrofida kishi ishlaydi va u jami 11 ta mamlakatda 30 ta zavodga ega bo‘lib, 430 million kishilik iste'mol bazasiga keng assortimentda ichimliklar taklif etadi.
2021-yil 29-sentabrda “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan”dagi davlat ulushini sotib olish to‘g‘risida kelishuv imzolandi va shu bilan kompaniyani xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetdi. Marosim Toshkentdagi iqtisodiy forum doirasida o‘tkazildi.
“CCI Uzbekistan” Toshkentda, Urganchda va Namanganda zavodlarga ega bo‘lib, ham bilvosita (distribyutorlar orqali an'anaviy, chakana mijozlarga), ham bevosita (mahalliy va zamonaviy chakana mijozlarga) mahsulot sotadi.