Anhor Evolution — “MAKON Marketing Forum”ning VIP hamkori
15 Апрель, 2024
Anhor Evolutionkompaniyasi — faoliyat yuritayotganiga 10 yildan oshgan boshqaruv kompaniyasi.
Ishonchli hamkor va salobatli vakil sifatida, biz biznesning barcha bosqichlarida nazorat va qo‘llab-quvvatlovni amalga oshirib, vaqtingiz va resurslaringizni tejaymiz. Jamoamizda 200 dan ziyod mutaxassislar mavjud. Ishlab chiqilgan marketing va biznes-yechimlar tufayli, boshqaruvimizdagi loyihalar o‘z sohasining eng zo‘rlariga aylanib, xalq e'tirofiga sazovor bo‘ladi.
Kompaniya missiyasi
- Biznes-ekotizimni yaratish
Biznes-ekotizimni firmalar qadriyat yaratishga va u orqali raqobat afzalliklariga ega bo‘lishga intiladigan raqobat muhiti sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu muntazam rivojlanadigan jo‘shqin tizim bo‘lib, har bir qatnashchisining muvaffaqiyati butun ekotizim muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘ladi. - Bozorni takomillashtirish
Qator yetakchi loyihalar bilan hamkorlik tufayli, bozorda bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi, ulardan biznes moliyaviy foyda ko‘radi, mijozlar esa sifatli servisga ega bo‘ladilar.
Kompaniya maqsadlari
- Biznesning muammolarini hal qilish.
- Kompaniya imkoniyatlarini kengaytirish.
- Biznes avtomatizatsiyasi.
- Kompaniya foydasini oshirish.